Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ertaklar

Aqlimizni charxlaydi,

Hayratlarga boshlaydi,

Koʻzimizni yoshlaydi

Onam aytgan ertaklar.

 

Yaxshilikka yor boʻlar,

Yovuzliklar xor boʻlar,

Adolat gʻolib boʻlar

Onam aytgan ertakda.

 

Ezgulikni oʻrgatar,

Yomonlikni yoʻqotar,

Dilda mehr uygʻotar,

Onam aytgan ertaklar.

 

Feruza MOʻMINOVA,

Fargʻona viloyati Beshariq tumani

8-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.