Mehmon
Koʻp quvonib ketamiz
Uyga kelganda mehmon.
Noz-neʼmatlar qoʻyamiz,
Yozib oppoq dasturxon.
“Mehmon atoyi Xudo”
Deyishar ota-onam.
Mening koʻnglim yayraydi,
Qarindoshlar boʻlsa jam.
Gulbonu ABDUJAMILOVA,
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 49-maktab 11-sinf