Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tilingni avayla

Yaxshi soʻz, yomon soʻz ham

Tildan chiqadi, bilsang.

Tilingdan “tayoq” yeysan

Betgachoparlik qilsang.

 

Ranjitmagil hech kimni,

Birovga berma ozor.

Ehtiyot qilgin tilni,

Boʻlmagin mehrga zor.

 

Chumoliga ham ozor

Yetkazmoq asli gunoh.

Qadrli doʻst, tengdoshim,

Bundan boʻlaylik ogoh!

 

Barnoxon ROʻZIYEVA,

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani

28-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.