Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Quyosh

Olam chirogʻi Quyosh,

Bilasizmi necha yosh?

U porlar koinotda

Eng kuchga toʻlgan yoshda.

 

U Yerimiz otasi –

Oymomaning bobosi.

Hammasi boʻlib uning

Bordir sakkiz bolasi.

 

Yupiter eng kattasi,

Merkuriy kichkintoyi.

Ularning orasida

Yerimiz erkatoyi.

 

Sakkizta ogʻa-ini

Quyoshning panohida.

Yashaydi qoʻl berishib

Koinot dargohida.

 

Sakkiztasi har yona,

Atrofida parvona.

Sayyoralar koʻp ahil,

Harakatda muttasil.

 

Qutbi KAMOLOVA,

Toshkent shahar Yunusobod tumani

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.