Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ertasi bor bolalar

Bizning har tomonlama yetuk bo‘lib kamolga yetishimiz uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ustozlarimiz ham biz o‘quvchilarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida turli tadbirlar uyushtirmoqdalar. Ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etish, g‘olib bo‘lish boshqa tengdoshlarim qatori mening ham qobiliyatlarimni oshirmoqda.

Konstitutsiyamizning 23 yilligiga bag‘ishlangan bayonlar tanlovida faxrli 1-o‘rinni egalladim. Ona tili fanidan sinflararo bo‘lib o‘tgan olimpiada sinovlaridan 1-o‘rinni egallab tuman bosqichiga o‘tdim. O‘qishni yaxshi ko‘rgan, ko‘p kitob o‘qiydigan bola har doim yutuqlarga erishishiga amin bo‘ldim. Axir, biz tinch va osuda yurtda yashayapmiz. Ota-onamiz, ustozlarimiz, Vatanimiz oldidagi burchimizni bajarishimiz kerak-da.

Feruza BOBOXONOVA,

Toshkent shahri 206-maktab 4-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.