Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Orasta qizlar” to‘garagi bor, lekin…

Barcha ta’lim muassasalarida qizlarni hayotga, oilaga qo‘li gul, pazanda, chevar qilib tayyorlaydigan to‘garaklar mavjud. Ammo nega yigitlar uchun shunday to‘garaklar tashkil etilmagan? Axir, ular kelajakda oila boshlig‘i, farzandlar otasi bo‘lishadi. Bunday ko‘nikma o‘zlarida bo‘lmasa, qanday qilib ular oilani boshqarishadi, farzand tarbiyalashadi? Axir, farzandni boqish bilan ish bitib qolmaydi-ku, uning ma’naviy yetuk bo‘lishi otalarga ko‘p jihatdan bog‘liq emasmi?!

Shuning uchun o‘quv muassasalarida “Alpomish izdoshlari”, “Amir Temur farzandlari”, “Mard o‘g‘lonlar”, “Barkamol yigitlar”, “Hunardan rizqing unar” yoki boshqa nomlardagi to‘garaklar tashkil etilib, ularda turli mavzularda mashg‘ulotlar, kitob o‘qitish, o‘qilgan kitoblarni muhokama qilish yo‘lga qo‘yilsa, mardlik, jasurlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi mashqlar o‘tkazilsa, yigitlarimiz ma’nan yetuk, yurtimiz istiqboli uchun yanada kurashuvchan farzandlar bo‘lib yetishishi tayin.

 

Charosxon HALIMOVA,

Qiziltepa yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.