Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yozgi ta’til

Topshirib imtihonni,

Chiqib oldik ta’tilga.

Chiniqtirib jon-tanni,

Quvvat berdik ko‘ngilga.

Kitobga bo‘lib oshno

Bilimlardan boyidik.

Endi quyosh bo‘ldik biz,

Osmondagi oy edik.

“O‘qiymiz doim a’lo”, –

Sog‘lom bola shiori.

Yozgi ta’til – zo‘r palla,

Buzilmasin me’yori.

 

Javohir MUZAFFAROV,

Buxoro viloyati Vobkent tumani 21-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.