Gʻaroyib pazanda
Pazandalik qilay deb,
Ovqat boshladim bir kun.
Sabzi va sholgʻom soldim,
Xushxoʻr boʻlmogʻi uchun.
Vaqt ham oʻtdi, erinmay,
Shoʻrva uzoq qaynadi.
Mehr qoʻshdim chin dildan,
Kartoshkalar oʻynadi.
Taomni tatib koʻrib,
Hayrat ichra qolibman –
Tuz oʻrniga shoʻrvaga
Bilmay shakar solibman!
Mohichehra ABDURASULOVA,
H. Olimjon va Zulfiya nomidagi
maktab-internati 9-sinf