Besh tashabbus
Besh tashabbus kashf etildi,
Yaratildi, yetildi.
Oʻqildi Gulistonda,
Ish boshlandi Boʻstonda.
- Bizda teatr, sanʼat,
Koʻp asrlik madaniyat.
Musiqa hamda rasm
Xalqimiz qilar taʼzim.
Adabiyot bosh mavzu
Bobolar qilgan orzu.
Ular qoni bor tanda,
Sheʼr yozaman shu onda.
- Yoshlar hamrohi sport
Shaxmat-shashka, tennis kort.
Mana, ochildi “Humo”
Lol qoldi butun dunyo.
Oʻzbek qiz, oʻgʻlonlari,
Xalqimiz polvonlari.
Ularni qoʻllaydi el,
Kuraklari koʻrmas yer.
III. Kompyuter bor har uyda
Goh kunduzi, goh tunda.
Internetni yoqamiz,
Keng olamga boqamiz.
Bu ham bir ajib tuzoq,
Kirib ketmangiz uzoq.
Afsus qilasiz keyin
Chiqish juda ham qiyin.
- Boʻkaga keldi karvon,
Bular ne deb el hayron.
Nurli eshik ochildi,
Xalqqa ziyo sochildi.
Sovgʻadir minglab kitob,
Charaqlab ketdi oftob.
Joʻshib ketdi yuraklar
Aytildi koʻp tilaklar.
- Endi onalar ishlar,
Bekor qolmas yoz-qishlar.
Bizlar qoʻllab turamiz,
Faxrlanib yuramiz.
Ular safida onam,
Kam boʻlmasin deb bolam,
Men ham oʻqib, bilay der,
Elga xizmat qilay der.
Yurtboshim, boʻling omon,
Siz doimo xalq tomon.
Yurtimiz tinch, el totuv,
Kimlargadir bu orzu.
Sizda Temurning qoni,
Siz – chin Oʻzbek oʻgʻloni.
Besh tashabbus boʻlsa jam,
Yurtda boʻlmas hech kim kam!
Fazilat YOQUBOVA,
Toshkent viloyati Boʻka tumani
27-maktab 3-sinf