Maktabim
Berding “Alifbo”ni mening qoʻlimga,
Tutqazding sen qalam, tutqazding kitob.
Qorongʻu tun ichra boʻlib bir yogʻdu
Yoʻllarim yoritding bamisli oftob.
Bilimlarga qondim sening bagʻringda,
Maʼnaviy boyligim, gʻururim mening.
Ziyo urugʻini sochding qalbimga
Iftixorim mening, maktabim mening.
Nafisa RAHMATULLAYEVA,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani 1-maktab 8-sinf