Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qaragim kelmas

Hayot yoʻllaridan ketdik izma-iz,

Umrni toʻxtatib boʻlmaydi hargiz.

Bir ovoz chaqirar ortimdan unsiz,

Negadir ortimga qaragim kelmas.

 

Mayliga, men haqda gap tarqalsa ham,

Mayliga, deyishsa dangasa, begʻam.

Hatto bitta joyda depsib qolsam ham,

Negadir ortimga qaragim kelmas.

 

Asli nima bordir mening ortimda,

Rosti, bilmasman lek doʻstim yonimda,

Balki istiqbolim kutar oldinda,

Negadir ortimga qaragim kelmas.

 

Ibrohimbek BAHODIROV,

Samarqand viloyati Qoʻshrobot tumani

85-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.