Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Orzularim

Men buyuk orzularga,

Yetmoq uchun yashayman.

Va qalbimni munavvar

Etmoq uchun yashayman.

 

Shovullagan daryoman,

Lovullagan oʻtdirman.

Yurtimni men dunyoga,

Mashhur qilib yashayman.

 

Mayli, qochib yursin baxt,

Oʻzgalarga yuz burib.

Bir kuni baxt yuzidan,

Oʻpmoq uchun yashayman.

 

Nigora OMONBOYEVA,

Andijon viloyati Marhamat tumani

13-maktab 3-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.