Ikkichining xayoli
Buncha qiyin bo‘lmasa,
Matematika fani.
Ayirib, qo‘shib, bo‘lib,
Qiynaydi u hammani.
Qani, endi, hisoblar
Ancha oson, jo‘n bo‘lsa.
To‘rtga to‘rtni ko‘paytirsa
O‘n oltimas o‘n bo‘lsa.
Dilmurod ABDUHAKIMOV,
Yashnobod tumani 227-maktab 10-sinf