Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil 7-son

  • Yoz bilan quyosh

    Quyosh yoz bilan o‘rtoq,

    Ajralgisi kelmaydi.

    Kech kirib qolganda ham

    Uyi tomon yelmaydi.

     

    Do‘stlarning suhbatiga

    Oshiqqanday jo‘ralar,

    “Salom!” – deya Quyoshjon

    Tong-sahardan mo‘ralar.

     

    Shu do‘stlikning mehridan

    Bahra olamiz barcha.

    Bolalar-u kattalar,

    Yer, osmon, yana

    ...
  • Yurt istiqboli uchun

    Qadrli o‘quvchilar, xabaringiz bor yaqinda O‘zbekiston respublikasi Prezidentining mamlakatimizning fidoyi va mard o‘g‘lonlarini munosib rag‘batlantirish to‘g‘risida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash qarori e’lon qilindi. Bu mukofot kimlarga beriladi?

    U yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, halol va

    ...
  • Oltin meros izidan

    Xalqimizda hunar bilan bog‘liq yuzlab maqollar bor: Hunarli – elda aziz, hunardan rizqing unar, bir yigitga qirq hunar oz...

    Yog‘ochga jon bag‘ishlab, temir bilan tillashib bobolardan meros bo‘lib kelayotgan milliy hunarmandchilik an’analarini davom ettirayotgan yoshlarni ko‘rib “otangga balli”, deysan kishi.

    Chor atrofimizni turfa axborotlar, virtual

    ...
  • Oqtosh bag‘rida

    Ta’til boshlanishi bilan aksariyat bolalar so‘lim maskanlar, oromgohlar bag‘riga oshiqadi. Men bolalarning ta’tildagi hayotlari bilan tanishish uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli Oqtosh bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tomon yo‘lga chiqdim.


     

    Oromgohimiz bugun

    ...
  • Ikki kundalik

    Yaqinda qiziq voqea yuz berdi. Uni hikoya qilishdan oldin aytib o‘tayki, bu kabi g‘aroyib hodisalar faqat ertaklarda yoxud fantast yozuvchilarning romanlarida uchraydi deb yurardim. Adashibman... Xullas, ta’tilning farahbaxsh oqshomlaridan biri hovlimizdagi keksa tol tagida, ariq bo‘yida xayol surib o‘tirsam, suvda bir qora narsa suzib kela boshladi...ustidagi yaltirog‘i oy nurida

    ...
  • Beg‘ubor fasl

    Yo‘lga chiqdim, yo‘lim olis,

    Olis yo‘llar chorlaydi.

    Yo‘lim olis, niyat xolis,

    Xolis dillar chorlaydi.

    Yo‘lni bosib o‘tgunimcha

    Qiynar dovul, shamollar,

    Bekatimga yetgunimcha,

    Daraxt bo‘lur nihollar.

    Bir bekatdan yurdim xullas,

    Tavsifiga so‘z yo‘qdir,

    Uni sevib ardoq etmas,

    O‘g‘il yo‘qdir, qiz

    ...
  • Duolardan kamol topgan qiz

    Hali yosh bo‘lishiga qaramay xush ovozi, xush fe’li bilan xalqimizning ko‘nglidan joy olishga ulgurgan, “Nihol” mukofoti sovrindori, iste’dodli san’atkor, xonanda Gulasal Abdullayevabugun tahririyatimiz mehmoni. O‘ylamizki, uning bolalik chog‘lari qanday o‘tganligi siz aziz o‘quvchilar uchun qiziqarlidir...

     

    ...
  • Hunar

    Yozgi ta’til bo‘lgani uchun uyda o‘tiraverib zerikdim-da, Rahimlarnikiga chiqdim. Eshikdan kirib chaqirsam, ayasi salomimga alik oldilar-da:

    – Rahim o‘rtog‘ing pastda, o‘zing oldiga tushaqol, – dedilar.

    Halima xolaning “pastda” deganlari yerto‘la. Rahimning dadasi taniqli o‘ymakor usta. Yerto‘lani ustaxona qilib olgan. Bir marta Rahim bilan tushganman. Ichi juda katta. Yozda

    ...
  • Zomin anjumanida

    Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi O‘riklisoy dam olish maskanida Respublika yosh ijodkorlarining an’aviy Zomin seminari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan aprel-iyun oylarida seminarning hududiy bosqichlari o‘tkazilgan edi. Unda o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etgan 200 nafarga yaqin yosh ijodkordan 80 nafari Zomin seminariga yo‘llanma oldi. Quvonarli tomoni

    ...
  • Yosh bilimdonlar

    Quyosh, oy va sayyoralarning harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatib, yulduzlar xaritasini aniq o‘lchagan buyuk olim kim?” deb so‘rashsa, hech ikkilanmay Mirzo Ulug‘bek nomini tilga olamiz. Orangizda olimning ilmiy izlanishlari, ixtirolarini o‘rganib, ajdodlariga munosib davomchi bo‘lish istagida o‘z ustida izlanayotgan tengdoshlaringiz ham talaygina. Yaqinda Samarqand shahrida

    ...
  • Ona tilimga

    Ona tilim – jon-u dilimsan,

    Menga buyuk, suyuk ilmsan.

    Navoiyning yangragan so‘zi,

    Sen nurafshon, nurli yo‘limsan!

     

    Yaxshilikni yaratgan so‘zing,

    Yomonlikdan yiroqda o‘zing.

    Ezgulikka hamisha yorsan,

    Ming bor shukur, dunyoda borsan!

     

    Gulsanam BAHRIDDINOVA,

    Jizzax shahar Hamid

    ...
  • Ikkichining xayoli

    Buncha qiyin bo‘lmasa,

    Matematika fani.

    Ayirib, qo‘shib, bo‘lib,

    Qiynaydi u hammani.

     

    Qani, endi, hisoblar

    Ancha oson, jo‘n bo‘lsa.

    To‘rtga to‘rtni ko‘paytirsa

    O‘n oltimas o‘n bo‘lsa.

     

    Dilmurod ABDUHAKIMOV,

    Yashnobod tumani 227-maktab 10-sinf

  • O‘quvchiman

    O‘quvchiman tirishqoq,

    Bilmayman sira charchoq.

    Ko‘nglimda bilim – mayoq,

    Orzularim oq – oppoq.

     

    O‘quvchiman – o‘rganib,

    Boryapman o‘zni tanib.

    Ichyapman mehr qonib,

    Vatan ishqida yonib.

     

    Ustozlardan minnatdor,

    O‘qiyman bo‘lib bedor.

    Dilga umid, havas yor,

    O‘quvchiman, men

    ...
  • Dadam kelganda

    Baxt quyoshi porlab turgan qo‘rg‘onim,

    Gard yuqtirmay o‘stirguvchi bog‘bonim.

    Ko‘nglim tog‘day o‘sar, to‘kis imkonim,

    Ostonadan dadam kirib kelganda.

     

    Xomush tortsam yurak-bag‘ri tilinar,

    Nima topsa, bolamga deb ilinar,

    Zahmatlari qo‘llaridan bilinar,

    Ostonadan dadam kirib kelganda.

     

    Zuhra

    ...
  • Olam nima?

    Olam nima, nimadir dunyo?!

    Jumboqlarga asir misoli.

    Kayfiyatsiz turar oymomo,

    Bulutlarga bordek savoli.

     

    Olam nima, nimadir dunyo?!

    Nega quyosh yumaloq o‘zi?

    Yetti rangda porlar kamalak,

    Yulduzlarning yumilmas ko‘zi.

     

    Savollarning cheki yo‘q, ammo

    Izlanishga undaydi yurak.

    Jumboqlarga

    ...
  • Osh

    Mazali osh aslida

    O‘zbek milliy taomi.

    Qo‘li shirin mezbonning

    Mehmonlarga salomi.

     

    Shirin oshda ko‘rinar

    Bekaning fazilati.

    Tavozedan bilinar

    Insoniylik qiymati.

     

    Munisa DAVRONOVA,

    Toshkent shahri Uchtepa tumani

    287-maktab o‘quvchisi

  • To‘maris

    Vatan uchun jang qilgan,

    Mardu-maydon To‘maris.

    Yov holini tang qilgan,

    Hayron qilgan, To‘maris.

     

    Qilich tutib erk uchun

    Kurashgan u, To‘maris.

    Sardorligi yurt uchun

    Yarashgan u, To‘maris.

     

    Nomi ibrat biz uchun,

    Hali-hamon, To‘maris.

    Avlodlari tilida

    Dong‘i doston,

    ...
  • Kitob

    Bo‘sh o‘tkazma vaqtingni,

    Kitob bilan tutun do‘st.

    To‘lishadi tobora

    Miyangdagi kam-u-ko‘st.

     

    Erinmasang bo‘lgani,

    So‘zlarimni tutgil yod.

    Ko‘p kitob o‘qisang gar,

    Kulib boqadi hayot.

     

    Asadbek BERDIYOROV,

    Yunusobod tumani 220-maktab 8-sinf

  • Mehnatsevar chumoli

    Bahordan tushar ishga,

    Rizq-ro‘z yig‘ar qishga.

    Dalada pishganda don,

    Chumoli bo‘lar karvon.

     

    Charchoq nima bilmaydi,

    Tartibsizlik qilmaydi.

    Chaqqonlikning timsoli –

    Mehnatsevar chumoli.

     

    Ma’murjon NAFASOV,

    Qashqadaryo viloyati Kitob tumani

    2-DIMI 10-sinf

  • Vatanim

    Men uchun dunyoda yagona, tanho

    Sen o‘zing har nedan muqaddas a’lo.

    Quyosh yog‘dusidek porloq bebaho,

    Ko‘zim qarog‘isan, jonajon yurtim.

     

    Ko‘hna shaharlaring jonli bir tarix,

    Senga ash’or bitgan ne-ne muarrix.

    Qiyosing yo‘q, senga aylasam ta’rif,

    Dilim chirog‘isan, jonajon yurtim.

     

    Istiqlol aslida oliy

    ...
  • Sog‘lom bolalar

    G‘ayrati to‘lib-toshgan

    Biz sog‘lom bolalarmiz.

    So‘lim yurtning bag‘rida

    Ochilgan lolalarmiz.

     

    Orzu-maqsadimiz ko‘p,

    Tolmaymiz o‘qib, ishlab.

    Faqat olg‘a borgaymiz,

    Yuksak marrani ko‘zlab.

     

    Hilolaxon ABDURAHMONOVA,

    Pop kon-metallurgiya va serviz

    kasb-hunar kolleji

    ...
  • Shuningdek...(2018-yil 7-son)

    Shuningdek, tahririyatimizga Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi 32-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Rustamjon Xudoyberdiyev, Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 24-maktab o‘quvchisi Feruzabonu Amonova,Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 5-maktabning 8-sinf o‘quvchisi MarjonaMurodullayeva, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir

    ...
  • Bir dasta pul

    Bir necha kundirki, Suhrob shom qorong‘isida uyiga qaytadi. O‘g‘lining bugun ham ust-boshi changga belanib, charchab, horib qaytganini ko‘rgan Fazilat opa ajablanib:

    – Namuncha kechga qolib ketmasang, qayerda yuribsan o‘zi? – deb so‘radi.

    – Futbol o‘ynadim.

    – Shom qorong‘isigacha to‘p ketidan chopgandan ko‘ra vaqtliroq kelib, darslaringni qilsang bo‘lmaydimi?

    ...
  • Qiz bolaning husni

    Mukarram aya mehmondan qaytganda nabirasi Malika unga peshvoz chiqdi.

    – Assalomu alaykum, yaxshi keldingizmi, – buvisining qo‘lidagi tugunni oldi Malika. – Buvijon, charchadingizmi yoki birov xafa qildimi, negadir xomush ko‘rinasiz? – so‘radi hovlidagi kursiga ohistagina o‘tirgan buvisining chehrasiga xavotirlanib qaragancha.

    – Baraka top, bolam, hammayoqni chinniday qilib

    ...
  • Jur’at

    Fyodor KAMALOV

     

    Bola va eshakning dushmanlari bor edi. Har tong bola eshakka minib qishloqdan chiqib, kanal tomonga yo‘l olardi. Aytishlaricha, bu kanal dengizga quyilar ekan. Lekin bizning hikoyamiz bu haqda emas.

    Bola sigiri uchun qishga pichan to‘playotgandi. Shu choqqacha u bir g‘aram xashak to‘plab qo‘ydi. U o‘tkir

    ...
  • "Yoz oqshomi salqin va tiniq"

    Afanasiy FET

     

    ***

    Ohista qizarar shom,

    Tilla tog‘lar, begumon

    Havo soviydi, sen ham

    Uxla, uxla, bolajon.

     

    Bulbullar kuylamas, jim,

    Oqshom tushar xush, shodon.

    Kuylar oqadi sim-sim,

    Uxla, uxla, bolajon.

     

    Farishta ko‘zli

    ...
  • Изучаем русский язык (2018-yil 7-son)

    Помощница

     

    Владимир СТЕПАНОВ

     

    Сплела Белочка корзинку. Из ивовых прутиков сплела. Ни у кого в лесу такой нет – лёгкая, прочная, красивая...

    Всё лето не расставалась Белочка с корзинкой: то грибы принесёт, то ягоды, то зёрнышки с поля.

    Однажды

    ...
  • English time (2018-yil 7-son)

    Punishment

     

    Otabek’s mother gave money to him and said:

    – Bring bread from a shop.

    Otabek went to street immediately, but he saw an ice cream shop. Then he queued at the end of a waiting line and said to himself. “I will buy ice cream. I may lie to my mother once”.

    Otabek ate ice cream, but he thought

    ...
  • Chiqarsang yaxshi hordiq

    – Dadajon, ta’tilda oromgohga boramanmi? – so‘radi Soliha so‘nggi qo‘ng‘iroqning ertasiga.

    – Borasan, lekin keyinroq, hozir iloji yo‘q, – dedi dadasi uzrli ohangda.

    – Mayli dadajon, maktabimizda sport sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etilibdi. Direktorimiz In’om aka Xudoyberdiyev, kim oromgohda dam olmoqchi bo‘lsa, ota-onasidan so‘rab kelsin, dedilar. Oromgohda-chi dadajon,

    ...
  • Maqtanchoq

    Bir mevali daraxt mevasiz daraxt bilan yonma-yon o‘sar ekan. Kunlardan bir kuni mevali daraxt debdi:

    – Insonlarga mening ko‘p foydam tegadi, chunki ularga shirin mevalar beraman. Ammo sendan hech qanday foyda yo‘q, meva qilmaysan. Sening o‘rningda bo‘lganimda, uyatdan xijolat chekib, qurib qolardim.

    Mevasiz daraxt qo‘shnisining gaplaridan ranjibdi. Ammo xafaligini bildirmay

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    ***

    – Oyijon, bugun maktabda hammamizni emlashdi.

    – Yaxshi-ku, qizim. Yig‘lamadingmi, ishqilib?

    – Yo‘q, oyijon. Hamshira meni quvlab yetolmadi.

     

    ***

    – Oyijon, aylanib kelsam bo‘ladimi?

    – Shu kir quloqlaring bilanmi?

    – Yo‘q, o‘rtoqlarim bilan.

     

    ***

    Buvisi bilan paleontologiya muzeyiga kirgan

    ...
  • Soqqali ruchkani kim kashf qilgan?

    Hayotimizni soqqali (siz uni “sharikli” ham deysiz) ruchkasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. U arzon, yozishga qulay bo‘lgani uchun ham juda keng tarqalgan.

    Bunday ruchka yaratish g‘oyasi dastlab vengriyalik jurnalist Laslo Biroda paydo bo‘lgan. U ish yuzasidan tez-tez bosmaxonaga borib turardi. Bir kuni bosma dastgohdan chiqayotgan gazeta qog‘ozlarini tomosha qilib turib, peroli ruchka

    ...
  • Qalamdon

    Aziz jurnalxon do‘stlarim!

    E’tibor bergan bo‘lsangiz, jurnal sahifalaridaO‘zing yasa ustaxonasi faoliyat olib bormoqda. Unda siz uchun qiziqarli, kerakli bo‘lgan buyumlarni yasashni o‘rgatishni niyat qilganmiz. Qolaversa, bu buyumlarni yasash sizni o‘ylashga, fikrlashga, tasavvurlaringizni boyitishga, yangi g‘oyalar ustida izlanishga

    ...
  • Krosschaynvord

    000

    Krossvord. 1. Yozuvchi Nosir Fozilov qissasi. 2. Tarixnavis Mirkarim Osim asari. (2) Dramaturg Farhod Musajon dramasi. 3. O‘zbek xalq dostonlaridan biri.

    Chaynvord. 4. Said Ahmadning “Kuyov” komediyasidagi obraz. 5. “Tuhfa”

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.