Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dadam kelganda

Baxt quyoshi porlab turgan qo‘rg‘onim,

Gard yuqtirmay o‘stirguvchi bog‘bonim.

Ko‘nglim tog‘day o‘sar, to‘kis imkonim,

Ostonadan dadam kirib kelganda.

 

Xomush tortsam yurak-bag‘ri tilinar,

Nima topsa, bolamga deb ilinar,

Zahmatlari qo‘llaridan bilinar,

Ostonadan dadam kirib kelganda.

 

Zuhra ESHQOBILOVA,

Surxondaryo viloyati Muzrabod tumani

1-umumiy o‘rta ta’lim maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.