Olam nima?
Olam nima, nimadir dunyo?!
Jumboqlarga asir misoli.
Kayfiyatsiz turar oymomo,
Bulutlarga bordek savoli.
Olam nima, nimadir dunyo?!
Nega quyosh yumaloq o‘zi?
Yetti rangda porlar kamalak,
Yulduzlarning yumilmas ko‘zi.
Savollarning cheki yo‘q, ammo
Izlanishga undaydi yurak.
Jumboqlarga yechim topish-chun
Hali ko‘p-ko‘p o‘qishim kerak.
Maftuna MAHMUDJONOVA,
Toshkent shahar Olmazor tumani
26-maktab 10-sinf