Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vatanim

Men uchun dunyoda yagona, tanho

Sen o‘zing har nedan muqaddas a’lo.

Quyosh yog‘dusidek porloq bebaho,

Ko‘zim qarog‘isan, jonajon yurtim.

 

Ko‘hna shaharlaring jonli bir tarix,

Senga ash’or bitgan ne-ne muarrix.

Qiyosing yo‘q, senga aylasam ta’rif,

Dilim chirog‘isan, jonajon yurtim.

 

Istiqlol aslida oliy bir ne’mat,

Oliyhimmat xalqim madadkor har vaqt.

Muqaddas zaminda yashamoq bir baxt,

Umrim ardog‘isan, jonajon yurtim.

 

Kumushoy ORTIQOVA,

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani

9-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.