Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qalamdon

Aziz jurnalxon do‘stlarim!

E’tibor bergan bo‘lsangiz, jurnal sahifalarida O‘zing yasa ustaxonasi faoliyat olib bormoqda. Unda siz uchun qiziqarli, kerakli bo‘lgan buyumlarni yasashni o‘rgatishni niyat qilganmiz. Qolaversa, bu buyumlarni yasash sizni o‘ylashga, fikrlashga, tasavvurlaringizni boyitishga, yangi g‘oyalar ustida izlanishga yetaklaydi. Buyumni yasash uchun kerak bo‘ladigan ashyolar ham o‘zingizda topiladi. Mabodo, yasab o‘xshatolmagan bo‘lsangiz, xafsalasizlik qilib tashlab qo‘ymang, kelgusi safar o‘ylaganingizdan a’lo bo‘ladi. Chunki olimlar yaratgan ixtirolarning eng birinchi namunasi maktab yoshida yaratilgan ekan. Urinishlaringiz sizni hunarmandchilik yoki tadbirkorlikka yetaklab, katta ishlarni amalga oshirishga yo‘l boshlasa ajab emas.

Yangi o‘quv yilida darsxonangizga yangilik kiritmoqchi bo‘lsangiz, eski idishdan qalamdon yasab ko‘ring. Uning hech qiyin joyi yo‘q. Bunda sizga istalgan hajmdagi idish (konserva bankasi, yelim idishlar), yangi kanop qop yoki kanop lentasi, yelim, chevarlar ishlatadigan munchoqli igna va bezak uchun tasmalar kerak bo‘ladi.

 

Idishni tayyorlash tartibi:

  1. 1. Dastlab konserva bankasi o‘lchamiga moslab kanop tasma qirqib olib, idish atrofiga yelimlab chiqamiz.
  2. 2. Idishning yuqori qismini gulli tasma bilan o‘raymiz.
  3. 3. Chevarlar ishlatadigan munchoqli igna, rangli tasmalar yordamida idishimizni bezatishimiz mumkin.
  4. 4. Ushbu oddiy, ammo bejirim idishlarga istalgan usulda bezak bersangiz bo‘ladi.

000

Tayyor bo‘lgan qalamdonga ruchka, qalamlaringizni solib, stolingiz ustiga qo‘yib tomosha qiling. Qanday chiroyli! Siz yasagan qalamdon do‘stingiz uchun ham qimmatli sovg‘a bo‘lishi mumkin.

 

Hilola HAMDAMOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.