Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitob

Yolg‘iz qolgan chog‘da hamrohing bo‘lgay,

Birgalikda ko‘ngling quvonchga to‘lgay,

Kitobsiz bilimlar yengilgay, so‘lgay,

Yo‘ling yoritguvchi – ziyodir kitob.

 

Bilgil katta boylik faqat kitobdir,

Buyuk bobolardan shunday xitobdir,

Tilaklar ijobat, orzu ro‘yobdir,

Yo‘ling yoritguvchi – ziyodir kitob.

 

Dildora RAJABOVA,

Olmazor Tibbiyot kolleji 2-bosqich o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.