Koʻklam tongi
Tongda chiqib oftob,
Olamga nurin sochdi.
Shabnamin toʻkib gullar,
Zaminga bagʻrin ochdi.
Erkalanib daraxtlar,
Shivirlaydi zavq bilan.
Shod tebranib maysalar,
Qutlar oppoq tong bilan.
Qushlar kuylar chugʻurlab,
Suvlar oqdi noz bilan.
Uygʻon sen ham saharlab,
Ezgu tilak, shahd bilan.
Diyora BAXTIYOROVA,
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi 27-maktabning 7-sinf oʻquvchisi