Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Donoqush

Mening bitta singlim bor,

Koʻngli bahor, begʻubor.

Kiprikchalari maysa,

Olam kular jilmaysa.

 

Juda tiyrak va zukko,

Bobom derlar, “Donoqush”.

Tili shirin va burro,

Chiqarar doim bir ish.

 

Dadamning “ayfon”larin,

Bilmagan joyi yoʻqdir.

Kezi kelsa oyimga

Oʻrgatib qoʻyar, shoʻxdir.

 

Kech tushganda oʻrniga

Yotqizib qoʻgʻirchogʻin,

Onamdek alla aytib,

Uxlatar oʻyinchogʻin.

 

Barnoxon ROʻZIYEVA,

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi 28-maktabning 8-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.