Kechinma
Men bir qushman, samolarda erkin kezib,
Qanotlarim qayrilganda suyanuvchi.
Men bir daraxt, shamollarning shahdin sezib
Yiqilganda yer poyiga tayanuvchi.
Men bir dengiz, oʻz tomchisin isyonidan,
Pana joylar izlab yurgan qochmoqlikka.
Men bir kecha, ming bir dilning ohin tinglab,
Sirdoshi yoʻq, oʻz sirlarin ochmoqlikka.
Men asli ishq, muhabbatning kuyin chalib,
Hijronlarning torlarida ohang boʻlgan.
Kishilarga baxt haqida ertak aytib,
Umid bilan kelajakka qadam qoʻygan.
Koʻp xilqatni jamlagan bu qadim ochun,
Bandasiga yolgʻizlikni ravo koʻrmas.
Insonlar doʻst boʻlib, doʻst topmoqlik-chun,
Dunyolarga kelgan boʻlsa, ajab emas.
Saʼdulla BOBOMUROD,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi