Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yoshlik

Yoshlik bu qalbingda yashaydi shoir,

Yangilik yaratmoq istar yuraging.

Olis bir marrani etganda ishgʻol,

Tobora oʻzgarar dilda tilaging.

Mavjlanar yuksakda nurli istiqbol,

Kelajak ham senga kulib gul tutar.

Oʻshanda boʻlasan buyuk bir inson

Hali seni qancha mashaqqat kutar.

Yoshlikda yarashar shoʻxlik, shodonlik,

Gʻayrat, ham shijoat toshar qoningda,

Orzular qilgin sen, qilma nodonlik,

Uni gʻanimat bil har bir oningda.

 

Bibihojar TUROPOVA,

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi 54-maktabning 10-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.