Ko‘zimning gavhari
Vatan! Temurning izi bor tuproqlaringda,
Jannatning isi bor gul-bog‘laringda.
Chechakman har qadam so‘qmoqlaringda,
Mehr bor so‘ragan so‘roqlaringda.
Vatan! Sen o‘zing ko‘k dala, ko‘m-ko‘k poyamsan,
Har ishda suyangan ulkan qoyamsan.
Yo‘limda sog‘ingan aziz onamsan,
Ko‘zimning gavhari bitta donamsan.
Ozoda XO‘JAYOROVA,
Toshkent yuridik kolleji o‘quvchisi