Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kuz

Bog‘ yengidan tortib qo‘ydi kuz,

Daraxt shoxin tebratar shamol.

Osmon yig‘lar kecha-yu kunduz,

Saxiy zamin tutar dastro‘mol.

 

Chaqmoq chaqsa, bulut ortiga

Qo‘rqqanidan berkinadi oy.

Soqchi bo‘lib uning yonida

Jasur bulut ko‘rsatar chiroy.

 

Madinabonu HABIBULLAYEVA,

Andijon viloyati Izboskan tumani

34-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.