Kuz ilhomi
Oltin fasl ziynati
Kuz ilhomin baxsh etar.
Daraxtlarning barglari
Oltin bo‘lib naqsh etar.
Ishkomdagi uzumlar
Bol simirib pishadi.
Anjir bilan bahslashib,
So‘ng savatga tushadi.
Yoqut olma, xurmolar
Oltin fasl ne’mati.
Vitaminlar ulashgan
Kuzning ko‘pdir xislati.
Barchinoy UMARQULOVA,
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani
6-maktab 7-sinf