Kuz xayollari
Qoʻl uzatsam egildi osmon,
Choʻkib ketdi gʻamlar koʻzimga.
Tillarang kuz shafaqni bezar,
Bir iliq nur tushar yuzimga.
Yashirinib chiqadi quyosh,
Yoʻlaklarda barglar xazoni.
Ustimizdan bosib olguday
Koʻkda suzar bulut karvoni.
Chor-atrofni qamrab oldi kuz,
Xazonrezgi damlar batamom.
Men yuraman yaproqlar terib,
Dardlarimni aytolmay hamon.
Sarvina JOʻRABOYEVA,
Toshkent viloyati Bekobod tumani
54-maktab 11-sinf