Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mushoira

“Mushoira etadi davom”

Oʻrik yana gullagan chogʻda.

Qalbni qalbga berar ikkovlon

Sayr etgancha bexazon bogʻda.

 

Qadamiga bahor poyandoz,

Bosh egadi giyoh-u daraxt.

Ustoz Hamid Zulfiyasiga

Har satrida ulashadi baxt.

 

Shoira ham intilar olgʻa,

Hurmat qilib aziz yorini.

Sadoqat-u ibosi bilan

Qurajakdir baxt saroyini.

 

Toʻxtamaydi shu tarzda suhbat,

Na kunduzi, na tong, na oqshom.

Har kun qalbda muhabbat ila

“Mushoira etadi davom”.

 

Umida MAVLONOVA,

Jizzax viloyati Sharof Rashidov

tumani 93-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.