Maqtanchoqlar
Turli daraxtlar bog‘da
Gaplashishdi choshgohda.
Olma dedi kerilib,
Saf oldiga surilib:
– Qarang, qanday qirmizi
Rangda tovlanar yuzim.
Jilmayib debdi o‘rik:
– Menman shu boqqa ko‘rik.
– Ta’mi eng shirin o‘zim, –
Kerilib debdi uzum.
Suhbatni tinglab shamol,
Yetib kelibdi darhol.
Daraxtlarni silkibdi,
Mevalarin to‘kibdi.
– Maqtanchoqning shu – holi, –
Debdi kamtar shaftoli.
Sobit MAHMADALIYEV,
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 40-maktab 6-sinf