Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Navoiyning chamanzorida

Bu foniy dunyoda yo‘lovchi – inson,

Ko‘zda ziyo, qo‘lda fursat borida.

Neki tole kulib, qo‘nim toparkan,

Navoiyning chamanzorida.

 

Bu gulshan aslida, nurdan yaralgan,

Gullardan jannatning bo‘yi taralgan.

O‘n sakkiz ming olam baxtga o‘ralgan,

Navoiyning chamanzorida.

 

Laylini sayr etib, bog‘ aro topgum,

Bedor dil dardiga bir davo topgum,

Nazmiy saroy aro xush navo topgum,

Navoiyning chamanzorida.

 

Mohinur NOSIROVA,

O‘zMU qoshidagi 2-akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.