Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Pishiriq

Zavqqa to‘lib ketaman,

Ukam yig‘lasa “hiq-hiq”.

Chunki oyim majburan

Pishiradi pishiriq.

 

Totli shirinliklarni

Pishiradi “qotirib”.

Biz yegaymiz ularni

Shakarchoyga botirib.

 

Yana ko‘ngil tusasa,

Ukamni bir turtaman.

Yig‘lagan ukam bilan

Pishiriqni kutaman.

 

Faxriyor BAXTIYOROV,

Navoiy shahar 7-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.