Maslahat
Yo‘q bo‘lib ketyapti shu bitta sabab,
Tabiat o‘lmoqda, yana bahona.
Aslida biz kimdan qilyapmiz talab,
Tabiat ko‘p emas, zamin yagona.
Kiriting va yozing, qilingiz e’lon,
Nusxa oling qolsa agarda noyob.
Bundayin so‘zlarga loyiqmi inson,
Axir kim buzmoqda, kim etar xarob?
Bunday ketsa menda, bor bitta g‘oya,
So‘zimni yo‘yinglar buyruq – xitobga.
Yerni qutqarmoq-chun, ushbu kifoya:
Mehrni kiriting “Qizil kitob”ga!
Jasurbek NABIJONOV,
ToshDO‘TAU akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi