Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yangi yilim yaxshi yilim

Onam bezab dasturxon,

Bizni chorlar astoydil.

Tashrifingga qalb intiq,

Kelaqol, ey, Yangi yil!

 

Rango-rang chiroqlari

Nur taratar xonamda.

Mendan baxtli odam yo‘q

Go‘yo yorug‘ olamda.

 

Fayz olib kel yurtimga,

Yoshimga qo‘sh yana yosh.

Hamrohimiz baxt bo‘lsin,

Yeganimiz bo‘lsin osh!

 

Farruxjon ASHURBOYEV,

Angren tibbiyot kolleji 3-bosqich o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.