Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oltin kuz

Koʻzlar begonamas, yillar begona,

Xazonlar toʻkilgan yoʻllar begona.

Tarovating koʻrib uzolmadim koʻz,

Men seni sogʻindim qadrdonim, kuz.

 

Giyohlar, daraxtlar sendan olgan rang,

Yulduzlar porlagan, bir bora qarang.

Chiroying oldida lolu hayron koʻz,

Men seni sogʻindim musavvirim, kuz.

 

Sen kelsang, shodlikdan yayrab ketar jon,

Orzularga toʻlib turaman har tong.

Saxovatingga hech tegmasin koʻz,

Men seni sogʻindim serhimmatim, kuz.

 

Oyingday tovlangan bogʻlar chiroyli,

Dehqonning quvonchi sen kuz tufayli.

Taʼrifingga ojiz ming sehrli soʻz,

Men seni sogʻindim mehribonim, kuz.

 

Kumush OMONOVA,

Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani

3-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.