Ona
Koʻz ochib, dunyoni ilk bor koʻrganda,
Hayot tashvishidan edik begona.
Qadam bosib, endi tilga kirganda,
Birinchi soʻzimiz boʻlgandi – “Ona”.
Ona bu – poklikdan yaralgan navo,
Ona moʻtabardir, u Momo Havo.
Tiriklik suvini sut qilib bergan,
Tunlari uxlamay beshik tebratgan.
Ona borki, dilda yoʻqdir gʻam-alam,
Taʼrifin bitishga ojizdir qalam.
Ona borki, goʻzal bu yorugʻ olam
Der: yorugʻ jahonim oʻzingsan, bolam.
Muxlisa HAMDAMOVA,
Qashqadaryo viloyati
Dehqonobod tumanidagi
71-maktabning 8-sinf oʻquvchisi