Vatan
Buvim yuzidagi ajinlar goʻyo,
Hayot zahmatidan soʻzlaydi burro.
Koʻp ajib sirlaring boʻlsa-da, dunyo,
Vatan, tuprogʻingni aylay toʻtiyo.
El-u yurt hamisha yashasin omon,
Doimo tinch boʻlsin shu kun, shu zamon.
Ezgulik koʻpaysin, yoʻqolsin yomon,
Tuprogʻing koʻzimga aylay toʻtiyo.
Madina ABDURAHIMOVA,
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi
19-maktabning 7-sinf oʻquvchisi