Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bobur armoni

Qalbimda iztirob, ming dard-u alam,

Seningchun tebranar qoʻlimda qalam,

Garchi oʻzga yurtda sulton boʻlsam ham,

Sogʻindim, sen tomon talpinadi jon,

Meni quchogʻingga olgin, Andijon!

 

Yurt ishqi qalbimni ayladi ado,

Yuragim tubida yangrar bir sado:

Roziman, yurtimda boʻlsam ham gado!

Sogʻindim, sen tomon talpinadi jon,

Meni quchogʻingga olgin, Andijon!

 

Shahnoza NURILLAYEVA,

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi

3-maktabning 10-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.