Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mayor ustozga

Maktabimga keldi ajoyib inson,

Harbiycha kiyimda, boʻylari tikka.

Koʻksini bezagan qirrali nishon,

Barchamiz havas-la boqamiz unga.

 

Gapirsa, soʻzida ibrat, magʻzi bor,

Yaxshi ustoz boʻlib qalbga topdi yoʻl.

Bilimga, tartibga chorladi bizni,

Savollar qiynasa, javob berdi moʻl.

 

Sharafli kasbi bor, sodiqdir elga,

Hammaga oʻrnakdir, qilgan ishi soz.

Koʻp yillar Vatanga koʻrsatgan xizmat,

Shu sabab mehnatdan topmoqda eʼzoz.

 

Deydi, siz Temurning nabiralari,

Mard, jasur boʻlingiz oʻqishda, ishda.

Koʻzida qatʼiyat, jasorat, shaxt bor,

Talab va mehr bor uqdirishida.

 

Mayor ustozimga mehrimiz baland,

Ayniqsa yigitlar qildilar havas.

Vatanga xizmatni bilishdi sharaf,

Qadamlar botirga monand basma-bas.

 

Sevinch MIRPOʻLATOVA,

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi

267-maktabning 7-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.