Oʻzbekistonda
Oʻzgachadir bahorning koʻrki,
Uchramaydi hech bir dostonda.
Nur sochadi saxiy quyoshi
Faqatgina Oʻbekistonda.
Togʻlarida ohular oʻynar,
Dovrugʻ soldi butun jahonga.
Bogʻlarida bulbullar sayrar,
Faqatgina Oʻzbekistonda.
Amudaryo sharqirab oqar,
Koʻz tegmasin nurli boʻstonga.
Navolari dilga xush yoqar,
Faqatgina Oʻzbekistonda.
Ruxshonabonu ABDURAZZOQOVA,
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi
4-IMI 8-sinf oʻquvchisi