Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ona tilimga

Ming yillardan taralgan,

Elim bilan yaralgan,

Hurmat bilan qaralgan,

Ey, mening jonu dilim,

Qadrdon, ona tilim.

 

Senda fikr, ibrat bor,

Senda sehr, hikmat bor,

Senda mehr, quvvat bor,

Ey, mening jonu dilim,

Qadrdon ona tilim.

 

Vatanimning hidi bor,

Bobolarim ruhi yor,

Kuylamasam dunyo tor,

Ey, mening jonu dilim,

Qadrdon ona tilim.

 

Shoirlaring xushnavo,

Shohi Navoiy bobo,

Kuylar Ramazon Baqo,

Ey, mening jonu dilim,

Qadrdon ona tilim.

 

Ramazon Sobit Baqo

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani

9-maktab oʻqituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.