Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Orzularim

Mushtdekkina yuragim,

Torlik qilar orzumga.

Tog‘ni talqon qilguday

Tinch qo‘ymaydi bir zumga.

 

Orzularim viqorli,

Tog‘lar bilan bellashar.

Orzularim behaddir,

Osmon bilan bo‘ylashar.

 

Narvon qo‘yib ko‘k toqiga

Oy yoniga chiqquday.

Kezib cheksiz fazoni

Yulduzlarni quchguday.

 

Qadrdon ko‘hna zamin,

Gulga burkasam, deydi.

Yomonlikni yo‘qotib,

Mehr purkasam, deydi.

 

Nafisa PARDAYEVA,

Surxondaryo viloyati Denov tumani

36-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.