Otajonimga
Biz uchun dunyoda benazir inson,
Sochingiz oq rangga bo‘yagan bizmiz.
Hayot bog‘idagi sohibkor bog‘bon,
Halollik, mardlikning timsoli sizsiz.
Otajon, qoyasiz, suyanganim siz,
Hamisha mehringiz qo‘msab turaman.
Jajji yuragimga orzular solgan –
Sizsiz. Umrim bo‘yi asrab yuraman.
Sabohat OMONOVA,
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 35-maktab 6-sinf o‘quvchisi