Qish kechalari
Daraxtlar uxlashar orom fasli bu,
Ammo mudom bedor yurt ko‘chalari.
Manzilga shoshadi kimdir beuyqu,
Bunchalar uzun-ay qish kechalari.
Uxlagan daraxtning shoxiga chiqib,
Sayraydi qushlarning bir nechalari.
Jahon adiblarin asarin o‘qib,
Ilhom olayapman qish kechalari.
Tongda chorlab turar meni ham o‘sha –
Ilm dargohiga yurt ko‘chalari.
Iliq kutib olar jonajon go‘sha
Bag‘ridan bo‘shatar qish kechalari.
Mohiniso BOBOQULOVA,
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani
Tibbiyot kolleji 3-bosqich