Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sichqon

Yugurib o‘tdi sichqon,

Cho‘chib ketdim nogahon.

Aqlimga sig‘dirolmam,

Nega bunchalar chaqqon?!

 

Alanglab u yon-bu yon,

Yurar biram shod-xandon.

“Hap senimi, shoshmay tur”,

Deya qo‘ydim men qopqon.

 

Xunobim oshdi chunon,

Dilimni qilib xufton.

Voy, bunchalar ayyor-ey,

Qopqondan qoldi omon.

 

Sevinch SANAQULOVA,

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani

221-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.