Ustoz dardi
Qancha azob berdim, qancha qiynadim,
Qalbingga nechog‘li yetkazdim tilim?
Qalb o‘zi neligin endi angladim,
Gar kechira olsang, kechir muallim!
Yodimda, maktabga ilk kelgan kunim,
Deding: “Men bilan yur, aziz o‘quvchim.
Ilmi komil bo‘lmoq bo‘lsa istaging,
Sen qancha istasang o‘rgatay bilim”.
Ertaga “Eh, afsus!”, – demayman desak,
Borida qadriga yetmoqlik kerak.
Bejiz aytishmagan: “Otangdek ulug‘,
Ustozning har so‘zi tabarruk, qutlug‘”.
Sug‘diyona ISOMIDDINOVA,
Navoiy viloyati Xatirchi tumani
81-maktab 11-sinf