Qishdan zavqlanib
Qishni kumush fasl deb,
Aytishadi bobolar.
Bizga sovg‘a ulashar,
Qorqizlar, Qorbobolar.
Archaning atrofida
Aylanamiz zavqlanib.
Yangi yilning kelishin
Ko‘rmoq uchun shaylanib.
Qo‘zichoqday sakraymiz,
O‘ynaymiz “tulki”, “quyon”.
So‘ng charchoqning zo‘ridan,
Uxlab qolamiz shu on.
Har yil takror bu odat,
Shundan biroz ranjir dil.
Chunki biz uxlaganda,
Kirib kelar yangi yil.
Umida SULAYMONOVA,
Navoiy Davlat konchilik instituti akademik litseyi, 3-bosqich