Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Askar akamga

Siz – millatning faxri,

Elning g‘ururi.

Yuksakda hilpirar,

O‘zbegim tug‘i.

 

Sohibqiron qoni,

Tomirda oqar.

Momolar duosi,

“Oltinlar taqar”.

 

Buyuk kelajakka,

Qadamlar shahdam.

Marra siznikidir,

Bo‘lingiz o‘ktam!

 

Sizga singil bo‘lib,

Tilayman omad.

Tangri panohida,

Yuring salomat!!!

 

Barnoxon RO‘ZIYEVA,

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani

28-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.