Qor
Osmon bugun bag‘rini ochib,
Kumush qorlar tashladi sekin.
Hosilini yig‘gan dehqonlar
Xotirjam va juda ham erkin.
Qor yog‘gani qishdan bir darak,
Ilk bor soldi qalblarga tuyg‘u.
Derazamdan boqib men unga
Bu tun sira kelmadi uyqu.
Qor qopladi butun olamni,
Libosi ham tovlanar oppoq.
Uni ko‘rib dillar yayraydi,
Qarang, bugun o‘lkam oq va pok.
Sevinch ABDAZOVA,
Jizzax viloyati Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internati 7-sinf