Tinchlik
Tongda yorishdi osmon,
Yasharib ketdi jahon.
Oftob jilmayib boqdi,
Tafti borliqqa yoqdi.
Dov-daraxtlar yashnadi,
Qushlar qo‘shiq boshladi.
Jaranglar shunday nido:
Musaffo bo‘lsin samo!
Musaffo osmon – tinchlik,
Tinchlik – baxt, to‘kinchilik.
Adiba RAHMONOVA,
Toshkent shahar Sergeli tumani
300-DIU maktabi 8-sinf