Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Quyoshjon

Tog‘ ortidan mo‘ralab

Jilmayar bobo Quyosh.

Har bir kun evaziga

Ulg‘ayadi bir kun yosh.

 

Hech qizg‘anmay, zar sepib,

Yog‘du sochar olamga.

Issiq mehri tufayli

Do‘st tutingan odamga.

 

Bobo quyosh, Quyoshjon,

Saxiyliging yo‘qotma.

Sen bilan dil nurafshon,

Bizdan olislab ketma.

 

Shahribonu OQMAMATOVA,

Toshkent shahar Bektemir tumani

290-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.